"Bavariya" futbolchisi faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin
"Bavariya" himoyachisi Dayo Upamekano karerasini Frantsiya chempionatida davom ettirishi haqida o‘ylamoqda. Bu haqda insayder Florian Plettenberg xabar bermoqda.
Manbada yozilishicha, frantsiyalik himoyachini PSJ o‘z safiga qo‘shib olishga urinmoqda. Parijliklar Dayo transferi yozda asosiy maqsadlaridan biri bo‘lishi aytilmoqda. PSJ himoyachini kelgusi yozda bepul qo‘lga kiritishni o‘ylamoqda.
27 yoshli futbolchining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi.
Eslatib o‘tamiz, Upamekano 2021 yildan beri "Bavariya" safida harakat qilib keladi. Futbolchi shu davr oralig‘ida jami 168 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol kiritgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.



Fikrlar