
"Bavariya" futbolchisi "Evro-2024" uchun Germaniya qaydnomasidan joy oldi
Germaniyada bo‘lib o‘tadigan "Evro-2024" uchun nemislarning qaydnomasi aniq bo‘lib boryapti. "Bavariya" a’zosi Aleksander Pavlovich ham ushbu turnirida ishtirok etadi, deya xabar bermoqda "Sky Sports" nashri.
Bu futbolchi uchun milliy terma jamoa libosidagi ilk yirik turnir. 2004 yilda tug‘ilgan yarim himoyachi bungacha faqatgina 20 yoshlilar jamoasiga chaqiruv olgandi.
Pavlovich "Bavariya" akademiyasida tahsil olgan bo‘lib, ushbu mavsumda debyut qildi. U klub tarkibida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golda ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, "Evro-2024" 15 iyunga o‘tar kechasi Germaniya va Shotlandiya o‘yini bilan start oladi va 10 iyulda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar