
"Bavariya" etakchilaridan biri "Liverpul"ga qarshi javob bahsini o‘tkazib yuboradi
Myunxenning "Bavariya" klubi vingeri Aren Robben “Liverpul”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan EChL 1/8 final javob bahsini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Niko Kovach aytib o‘tdi.
“Robben kecha to‘pig‘ini qayrib oldi. U “Liverpul”ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi. Koman esa safga qaytishga yaqin turibdi. Umid qilamanki u ushbu bahsda maydonga tusha oladi”, - deydi Robben.
Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" – "Liverpul" uchrashuvi 13 mart kuni Myunxendagi "Alyants-Arena" stadionida bo‘lib o‘tadi. Ushbu jamoalarning dastlabki bahsida hisob ochilmagan edi.
Fikrlar