“Bavariya” “Barsa” qadrlamagan vunderkindni oladi

  • 4 sentabr, 2020, 10:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasi g‘olibi “Bavariya” o‘z tarkibida “Barselona”ning yosh yarim himoyachisi Pedrini o‘ynatishni istamoqda.

Tecno

Myunxenliklar 17 yoshli vunderkindni sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olmoqchi. Bu futbolchiga “Bavariya”ning ashaddiy raqibi “Borussiya” ham ko‘z tikayotgan edi. Lekin muzokaralar uzoq davom etganiga qaramay, dortmundliklar “Barsa”ni o‘yinchini jo‘natishga ko‘ndira olmadi.

Pedri yakunlangan mavsumda ijara asosida “Las-Palmas” jamoasida o‘tkazdi. U Segundada 36 ta o‘yinda to‘rtta gol urdi va oltita golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!