“Bavariya” asosiy to‘purar Harri Keyn o‘rniga hech kim tanimaydigan hujumchini oladi

  • 23 mart, 05:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” rahbariyati klubga kelganidan beri gol urishni kanda qilmayotgan angliyalik Harri Keyn o‘rnini bosa oladigan hujumchi topib qo‘ydi.

Tecno

Myunxenliklar agar yaxshi xaridor chiqsa, 31 yoshli Keynni sotib yuborishga tayyor. Angliyaning bir necha etakchi klublari tajribali forvardni yana Premer-ligaga qaytarishni rejalashtirmoqda.

Sky Sport Germany nashrining yozishicha, “Bavariya” hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Maynts” markaziy hujumchisi Jonatan Burkardtni olib kelishni mo‘ljallayapti.

Joriy mavsumda 24 yoshli o‘yinchi barcha turnirlarda 23 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 16 ta gol va uchta samarali  uzatma yozdirib qo‘ydi.

Burkardt myunxenliklardan tashqari “Bayer” va “Ayntraxt” nishonida turibdi. Uning “Maynts” bilan shatnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan. Transfermarkt portali ekspertlari iqtidorli futbolchini 25 million evroga baholayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!