"Barselona"ning sobiq futbolchisi Yamalni himoya qildi
"Barselona" klubining yosh futbolchisi Lamin Yamal "Real Madrid" haqamlar yordamida o‘yinlarda g‘alaba qozonayotganini aytganidan so‘ng, madridlik muxlislar tomonidan qattiq tanqidga uchradi. Kataloniyaliklar sobiq a’zosi Jerar Pike esa Yamalni himoya qilib, quyidagicha fikr bildirdi:
"Laminni qanday bo‘lsa, shunday qabul qilaylik. Albatta, u tajriba orttiradi — 18 yoshdagi inson 38 yoshdagidek bo‘lmaydi. Madrid tarafidan bo‘layotgan tanqidlarga kelsak — buni tushunish mumkin. Madridliklar ham o‘zlarida Yamaldek yosh yulduz bo‘lishini istashardi", — dedi sobiq himoyachi.
Ma’lumot uchun, navbatdagi "El-klasiko" ertaga Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da start oladi.



Fikrlar