"Barselona"ning sobiq futbolchisi vafot etdi

  • 7 oktabr, 2024, 21:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiya terma jamoasi, “Barselona” va “Ayaks” klublarining sobiq yarim himoyachisi Yoxan Neskens 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda Niderlandiya Qirollik futbol assotsiatsiyasi (KNVB) matbuot xizmati xabar berdi. Manbaga ko‘ra, sobiq futbolchm 6 oktyabr, yakshanba kuni Jazoirda vafot etgan.

Tecno

Ma’lumot uchun, Neskens Niderlandiya milliy terma jamoasi safida 49 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urgan. 1974 va 1978 yillardagi jahon chempionatlarining final bosqichida qatnashgan. Neskens Germaniyaga (1:2) qarshi bo‘lib o‘tgan 1974 yilgi jahon chempionati finalida Niderlandiya terma jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan.

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, sobiq yarim himoyachi Niderlandiya va Avstraliya terma jamoalari, shuningdek “Barselona”da murabbiy bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!