"Barselona"ning kerakli futbolchisi 2 oy jamoasiga yordam bera olmaydi

  • 22 noyabr, 2020, 18:32
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubining asosiy futbolchilaridan biri Serxi Roberto jarohat olgandi. Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, himoyachi ikki oyga safdan chiqqan.

Tecno

28 yoshlik Serxi La Liganing oxirgi turida "Atletiko"ga qarshi bahsda jarohat olgandi.  Ma’lum bo‘lishicha, Robertoning o‘ng sonidagi mushaklar lat egan.

Futbolchi Bu mavsum Ispaniya chempionatida 7 uchrashuvda ishtirok etgan va raqib darvozasini bir marta ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!