
"Barselona"ning ishongan futbolchisi APLga yo‘l olishi mumkin
"Manchester Siti" klubi yaqin kunlar ichida jarohatidan forig‘ bo‘lishi kutilayotgan "Barselona" yulduzi Ansu Fatiga qiziqish bildiryapti. Bu haqda "Si.com" nashri xabar bermoqda.
"Shaharliklar" allaqachon yosh futbolchining agenti bilan bog‘lanib, ehtimoliy transferni muhokama qilgan.
18 yoshli iqtidor egasining "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida nihoyasiga etadi. Ayni vaqtda "Barsa" rahbariyati uning shartnomasini yangilash ustida ish olib bormoqda.
Ta’kidlash joiz, Fati o‘tgan mavsumning noyabr oyidan buyon jarohati sababli o‘yinlarda ishtirok eta olmayapti.
Fikrlar