"Barselona"ni kelajakda qaysi murabbiy boshqarishi mumkinligi ma’lum

  • 23 fevral, 2022, 09:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning sobiq sport direktori Ramon Planes "Shaxtyor"ning amaldagi bosh murabbiyi Roberto De Zerbi "Barselona"ni boshqarishi mumkinligini aytdi.

Tecno

"De Zerbining uslubi "Barselona"ga mos keladi, u menga Gvardiolani eslatadi. Biz Robertoning ishini kuzatib bordik. Shuni aniq aytishim mumkinki, biz u bilan muzokaralar o‘tkazdik. U kelajakda klubni boshqarishi mumkinligini istisno qilmayman", - deydi Planes.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda De Zerbi "Sassuolo"ni tark etib, "Shaxtyor" boshqaruviga o‘tgan edi. Uning qo‘l ostida klub 18 uchrashuvda 47 ochko jamg‘arib, Ukraina chempionatida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!