
"Barselona"ga gol urgan himoyachi kelasi mavsumni "Real"da boshlashi mumkin
La Liganing 16-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Jirona" uchrashuvida mehmonlar 2:4 hisobida zafar quchdi. Shu bilan birga, kataloniyaliklar turnir jadvalida 1-o‘ringa qaytdi.
O‘yinning 40-daqiqadasida Migel Guterres ajoyib goli bilan jamoasini oldinga olib chiqdi. Himoyachi nafaqat goli bilan, balki maydondagi harakatlari bilan ham g‘alabaga o‘zining katta hissasini qo‘shdi. U 44 marta sheriklariga pas bergan bo‘lsa, ularning 43 tasi futbolchilarga aniq etib bordi. Shuningdek, 3 ta muvaffaqiyatli dribling ham ishlata oldi.
Ma’lumot uchun, Migel asli "Real" akademiyasida tahsil olgan bo‘lib, 2022 yilda 4 million evro evaziga "Real"ga ko‘chib o‘tgan. Uning tovon puli 40 million evro, lekin madridliklarda himoyachini 8 million evroga sotib olish imkoniyati mavjud. Bu haqda "SPORT" nashri ma’lum qilmoqda.
"Real" kelasi yilda bitta chap qanot himoyachisi sotib olishni reja qilgan. Buning uchun "qaymoqranglilar" "Bavariya" a’zosi Alfonso Devisni kuzatib bormoqda. Ammo kanadalik futbolchi bilan myunxenliklar ham yangi shartnoma imzolashga harakat qilyapti. Agarda ushbu transfer o‘xshamasa, "Real" Guterresni ortga qaytarishi mumkinligi borasida mish-mishlar tarqalmoqda.
Fikrlar