“Barselona” endi yoshi 30dan o‘tgan futbolchilarni o‘ynatmaydi

  • 5 oktabr, 2023, 17:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” sport direktori Deku klubning transfer siyosatiga jiddiy o‘zgartirish kiritdi. Bu mutaxassis endi jamoaga yoshi 30 dan o‘tgan futbolchilar transfer qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Tecno

Diario Sport nashrining xabar berishicha, Deku ayni paytda “Barselona”da yoshi o‘tgan futbolchilar etarli ekanini ta’kidlamoqda. Sport direktori yoshi katta o‘yinchilarni yaxshi narxga sotib yuborish qiyin ekanini inobatga olgan holda shu qarorga kelgani aytilmoqda.

Ayni paytda Kataloniya klubidagi etti nafar yoshi 30dan o‘tgan futbolchilar to‘p tepyapti.

Asosiy tarkibda eng yoshi katta o‘yinchi Robert Levandoski hisoblanadi. Shunga qaramay, 35 yoshli hujumchi La Ligada raqiblar darvozasiga eng ko‘p – 5 ta to‘p kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!