"Barselona"dagilar hayratda!

  • 5 oktabr, 2024, 14:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" vakillari jamoaning yangi darvozaboni Voytsex Shesnining jismoniy holatidan hayratda qoldi. Aytish kerakki, 34 yoshli posbon o‘tgan yozdan beri mashg‘ulot o‘tkazmagan va faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi.

Tecno

Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, Shesni tez orada “ko‘k-anorranglilar” safida maydonga tushish ehtimoli bor. Darvozabon oktyabr oyidagi FIFA kunlari paytida mashg‘ulotlarni faol davom ettirmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Voytsex Shesni 2 oktyabr kuni "Barselona" bilan 2025 yilning 30 iyunigacha shartnoma imzolagan. Uning so‘nggi ish joyi Turinning "Yuventus" klubi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!