“Barselona”da katta o‘zgarish. Messi shu yozda ketadi!

  • 17 avgust, 2020, 05:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” jiddiy o‘zgarishlar ostonasida va jamoani bir necha futbolchilar tark etishi kutilmoqda. Ko‘pchilikning e’tiborini jamoa etakchisi Lionel Messining qarori qiziqtirib turibdi.

Tecno

Braziliyaning Esporte Interativo nashri jurnalisti Marselo Bexler klub ichidagi o‘z manbasiga tayangan holda Lionel Messi shu yozning o‘zida  jamoani tark etishi haqida rahbariyatni ogohlantirganini yozmoqda. Argentinalik hujumchi amaldagi shartnomaning yakunlanishini kutmoqchi emas. Uning klub bilan kelishuvi 2021 yilning yozida tugashi kerak edi.

Barselona shahrida yashab, ijod qiladigan Marselo Bexler hech kim kutmagan va bilmagan ma’lumotlarni berishga alohida e’tibor qaratadi. Xususan, bu jurnalist o‘z vaqtida Neymarning PSJga o‘tishi haqida yozganida bu ma’lumotga hech kim ishonmagan edi. Vaqt o‘tishi bilan uning ma’lumot isbotlanib, braziliyalik hujumchi Parijga yo‘l olgandi.

Messi “Barselona”da ulkan muvaffaqiyatlarni ta’minlaydigan mukammal loyiha yo‘qligidan norozi. Xususan, jamoa bu yil birorta sovrinni qo‘lga kirita olmadi. Ko‘rsatkichlar pastga qarab sho‘ng‘imoqda.

Messiga hozirning o‘zida “Inter” va “Manchester Siti”dan o‘ta manfaatli takliflar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!