"Barselona" "Yuventus"ga Suaresni sotib olishni taklif qildi

  • 20 avgust, 2019, 18:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi forvardi Luis Suares faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin.

Tecno

TuttoJuve nashrining yozishicha “keksa sinora” sport direktori Fabio Paratichi kataloniyaliklar vakillari bilan uchrashgan. O‘z navbatida “ko‘k-anor ranglilar” PSJdan Neymarni sotib olishsa, 32 yoshli urugvaylik futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor.

“Yuventus” esa Suaresni sotib olishi uchun Paulo Dibala, Mario Manjukich yoki Gonsalo Iguain kabi hujumchilaridan birini sotib yuborishi kerak.

Ma’lumot uchun, Suares “Barselona” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 248ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 177ta gol hamda 96ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!