
"Barselona" yarim himoyachisi bir oyga safdan chiqdi
"Barselona" o‘z rasmiy saytida La Liganing yakshanba kungi "Xetafe"ga qarshi o‘yini yakunida yarim himoyachi Fermin Lopes olgan jarohati haqida e’lon joylashtirdi.
Lopesning chap oyog‘ida yonbosh-bel mushaklari jarohati aniqlandi. Yarim himoyachi taxminan uch haftaga safdan chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" "Xetafe"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Kataloniyaliklar La Liga turnir jadvalida "Real"dan 2 ochko ortda qolib, 2-o‘rinda bormoqda. Ispaniya chempionatining navbatdagi o‘yinini "Barselona" 25 sentyabr, payshanba kuni "Real Ovedo" mehmoni bo‘ladi.
Fikrlar