
"Barselona" yana bir futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Barselona" sport direktori Deku klub yarim himoyachi Pedri bilan shartnomani uzaytirish niyatida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
- Biz Pedri bilan shartnomani uzaytiramiz. Sababi, u "Barsa"da muvaffaqiyatga erishmoqchi. Pedri bu erda tarix yozish niyatida.
Jamoa nafaqat joriy mavsumda sovrinlarni qo‘lga kiritish, balki asosiy o‘yinchilarning kelajagiga ham e’tibor qaratmoqda, - dedi sport direktor.
Ma’lumot uchun, yarim himoyachi 2020 yil Kataloniya klubiga kelib qo‘shilgan. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar