"Barselona" Xoland uchun o‘z yulduzidan foydalanmoqchi

  • 17 yanvar, 2022, 17:50
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" futbolchisi Usmon Dembele tez orada boshqa klubga o‘tishi mumkin. 

Tecno

"Diario Sport" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, kataloniyaliklar rahbariyati frantsiyalik futbolchi bilan shartnomani bekor qilmoqchi. Amaldagi bitimga ko‘ra, Dembele yana bir yil "ko‘k-anorranglilar" sharafini himoya qilishi lozim.

Yoki "Barsa" oldida 1 fevraldan boshlab 24 yoshli hujumchining maoshini tejash varianti ham bor. Ammo buning uchun Usmonning roziligi kerak. Agar u taklifni inkor etsa, shartnomada ko‘rsatilgan pulni to‘liq oladi. Joan Laporta Erling Xoland transferini amalga oshirish uchun barcha ishni qilmoqchi.

Dembele joriy mavsum "Barselona" libosida 11 uchrashuvda 1 gol va 2 assist qayd etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!