
"Barselona" Xaviga aniq taklif bilan chiqdi
"Barselona" klubi rahbariyati jamoa boshqaruvida Xavini ko‘rishni xohlamoqda.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar allaqachon 39 yoshli mutaxassisga bu borada taklif bilan chiqishgan.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Xaviga 2 ta variant taklif qilingan – “Barselona” boshqaruvini hozir yoki mavsum yakunlangach qabul qilib olish. Har ikkala holatda ham “ko‘k-anor ranglilar” o‘zining sobiq yulduzi bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolashadi.
Ma’lumot uchun, Xavi “Barselona” safida 1998-2015 yillarda to‘p surgan. U hozirda Qatarning “Al-Sadd” klubini boshqarmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona"ning amaldagi bosh murabbiyi Ernesto Valverde mavsum yakunlangach jamoani tark etishi kutilmoqda.
Fikrlar