"Barselona" va "Bavariya" qiziqqan futbolchi uchun MYu ham kurash boshladi
"Nyukasl" va "Manchester Yunayted" klublari "Marsel" yarim himoyachisi Bubakara Kamara uchun raqobatga kirishdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, APL klublari 22 yoshli futbolchini yozda, ya’ni uning frantsuz grandi bilan shartnomasi yakunlangach erkin agent sifatida tekinga qo‘shib olmoqchi.
Bundan avvalroq Kamaraga "Barselona" va "Bavariya" klublaridan ham qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Bubakara Kamara joriy mavsum “Marsel” safida jami 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.



Fikrlar