
"Barselona" va "Atletiko"ning sobiq futbolchisi butsalarini mixga ildi
Turkiya terma jamoasi hamda "Barselona", "Atletiko", “Galatasaroy” klublarining sobiq futbolchisi Arda Turan futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda Fanatik nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 35 yoshli Turan endilikda "Galatasaroy" klubida sport direktori lavozimida faoliyat yuritadi.
Ma’lumot uchun, Arda Turan Turkiya terma jamoasi safida jami 100 ta o‘yin o‘tkazgan va 16 ta gol urgan. U terma jamoasi bilan birga 2008 yilgi Evropa chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar