"Barselona" Umtitining narxini oshirdi

  • 5 iyul, 2019, 17:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi rahbariyati jamoa himoyachisi Samuel Umtitini sotib yuborishga tayyor.

Tecno

The Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar 25 yoshli frantsuz futbolchisini avvalroq aytilganidek 50 million evroga emas, balki 60 million evaziga qo‘yib yuborishi mumkin. Ularning narxni oshirishiga sabab, ushbu mablag‘ PSJdan Neymarni sotib olish uchun sarflanadi.

Eslatib o‘tamiz, Umtitiga "Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda.

Ma’lumot uchun, Umtiti o‘tgan mavsumning asosiy qismini jarohatdan davolanish uchun o‘tkazib yubordi va bor yo‘g‘i 15ta uchrashuvda maydonga tushdi xolos. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!