
"Barselona" to‘purari Ronaldu haqida zo‘r gaplar aytdi
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski Portugaliya terma jamoasining yulduz futbolchisi - Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
"Men Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida nimalarga erishganini va o‘z rekordlari bilan futbol tarixiga qanday ta’sir qilganini yaxshi bilaman. U albatta futbol tarixida qoladi. Qariyb 40 yoshda ham u aql bovar qilmaydigan ambitsiyani namoyon etmoqda", - dedi polshalik futbolchi.
Krishtianu Ronaldu ayni paytda Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi sharafini himoya qilmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Matbuotda portugaliyalik futbolchi mehnat shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirishi mumkinligi haqida ma’lumotlar mavjud.
Fikrlar