“Barselona” tajribali o‘yinchiga ruxsat berib yubordi
“Barselona” yarim himoyachisi Oriol Romeu jamoaning AQShdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tark etib, boshqa jamoaga o‘tishga ruxsat oldi.
Romeu aslida “Barsa” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq asosiy tarkibga kira olmagani uchun 2011 yildan boshlab, “Chelsi”, “Vaoensiya”, “Shtutgart”, “Sautgempton”da o‘ynagan.
Markaziy yarim himoyachi 2022 yili vataniga qaytib, “Jirona” a’zosiga aylangandi. 12 yildan keyin qadrdon klubiga qaytarilgan Romeu o‘tgan mavsum 37 ta uchrashuvda ishtirok etdi.
32 yoshli tajribali o‘yinchining klub bilan hali ikki yillik shartnomasi bo‘lishiga qaramay, u Kataloniyani tark etishga qaror qildi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Romeu faoliyatini o‘zining sobiq jamoasi “Jirona”da davom ettiradigan bo‘lyapti.



Fikrlar