
"Barselona" sobiq futbolchisi Kataloniyaga qaytishni istamoqda
Mavsum oxirida "Atletiko" Madridni tark etadigan hujumchi Luis Suares "Barselona"ga qaytishni istamoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur "Tvitter"dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Manbaning xabariga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi "ko‘k-anorranglilar"dan taklif kutmoqda. Klub urugvaylik forvardni tekinga qo‘lga kiritishi mumkin, chunki Suaresning madridliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi.
Avvalroq, hujumchiga "Aston Villa", "Sevilya" va "Inter" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Luis 2014 yildan 2020 yilgacha kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan. Suares joriy mavsumda "matraschilar" safida barcha turnirlar doirasida 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urib, 3 ta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar