
"Barselona" "Siti" himoyachisini tekinga qo‘lga kiritishni maqsad qilmoqda
"Manchester Siti" klubi himoyachisi Erik Garsiya yana "Barselona"ga qaytishi mumkin.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “ko‘k-anor ranglilar” himoya markazini aynan o‘zlarining sobiq tarbiyalanuvchilari bilan kuchaytirishmoqchi. Ammo, kataloniyaliklarda uni sotib olish uchun ortiqcha mablag‘ yo‘q. Shu bois “Barselona” Garsiyani kelasi yil, ya’ni “shaharliklar” bilan shartnomasi yakunlangach ,tekinga qo‘lga kiritmoqchi.
Ma’lumot uchun, Garsiya joriy mavsum 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi. Uning transfer narx esa 6,3 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar