"Barselona" shunday iste’dodni qo‘ldan chiqargan ekan

  • 21 yanvar, 2022, 14:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati “Anderlext”da mazmunli o‘yin ko‘rsatayotgan Serxio Gomesga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Tecno

"Barselona" tarbiyalagan Ispaniya yoshlar terma jamoasi yulduzi maydonda juda ko‘p pozitsiyada samarali o‘ynay oladi. Asosan chap qanot himoyachisi hisoblangan 21 yoshli futbolchi mudofaa markazida va hujumga o‘tishda ham faol.

Uning “Anderlext”dagi statistikasi ham shundan dalolat bermoqda. Iste’dodli o‘yinchining asosiy vazifasi  himoyani mustahkamlash ekaniga qaramay, joriy mavsumda raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga o‘nta golli pas oshirdi.

Serxio Gomes o‘tgan yozda “Borussiya”dan “Anderlext”ga o‘tganidan keyin uning o‘yini ochilib ketdi va ayni paytda bir qator grandlar nishoniga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!