"Barselona" shikoyat qilmoqchi

  • 10 yanvar, 2023, 12:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” klubi rahbariyati Ispaniya chempionatining “Atletiko”ga (1:0) qarshi o‘yinida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgani uchun hujumchi Ferran Torresning chetlatilishi yuzasidan apellyatsiya bermoqchi.

Tecno

Eslatib o‘tish lozimki, ispaniyalik futbolchi “matraschilar” himoyachisi Stefan Savich bilan janjallashgani uchun maydondan chetlatilgan edi.

Marca nashrining yozishicha, “ko‘k-anor ranglilar” yuqoridagi masala yuzasidan tegishli organga murojaat qiladi. Ular Ferranning avvalroq xabar qilingan 12 o‘yinga diskvalifikatsiyasiga yo‘l qo‘ymoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Torres joriy mavsum “Barsa” safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!