
"Barselona" Semeduning transferi bo‘yicha 3 ta jamoaning taklifini rad etdi
"Barselona" klubi o‘ng qanot himoyachisi Nelson Semedu yangi mavsumda jam jamoada qoladigan ko‘rinadi.
Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha kataloniyaliklar 25 yoshli portugaliyalik futbolchini qo‘yib yubormoqchi emas. Ular Semeduning transferi bo‘yicha kelgan 3ta taklifni rad etishdi. Aniqrog‘i, Portugaliya terma jamoasi a’zosini “Atletiko” Madrid va APLning 2 klubi o‘z safiga qo‘shib olishga urunib ko‘rgan.
“Barselona” rahbariyati esa yuqoridagi jamoalarga Semedu 100 mln evrodan kamiga sotilmasligini bildirgan.
Ma’lumot uchun, Nelson Semedu o‘tgan mavsum “Barselona”da 47ta o‘yinda ishtirok etdi va 1ta gol urishga erishdi.
Fikrlar