"Barselona" Salohdan voz kechdi

  • 3 aprel, 2022, 16:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Misr terma jamoasi va “Liverpul” klubi hujumchisi Muhammad Salohning kelajagi hamon noma’lumligicha qolmoqda. Aytish lozimki, uning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.

Tecno

Jurnalist Xavi Migelning yozishicha, 29 yoshli futbolchiga yozda hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirgan “Barselona” qiziqish bildirayotgan edi. Biroq,  Kataloniya klubi rahbariyati hozirgi kunga kelib Saloh bilan shartnoma imzolash rejasidan butunlay voz kechgan.

Qayd etilishicha, “Barsa” bu borada Xoland va Levandovski variantlarini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

Muhammad Saloh joriy mavsum “Liverpul” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va 28 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!