"Barselona" safarda raqibiga 6 ta gol urdi, Messidan dubl

  • 22 mart, 2021, 03:25
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasi 28-turidan o‘rin olgan "Real Sosedad" - "Barselona" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda mehmonlar 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

"Ko‘k-anorranglilar" safida Messi va Dest dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, Grizmann hamda Dembele bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Ushbu gollarga mezbonlardan faqatgina Barrenechea javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan kataloniyaliklar ochkolari sonini 62 taga etkazib olgan holda, 2-o‘ringa qaytdi. O‘z uyida qaqshatqich zarba qabul qilib olgan "Real Sosedad" 5-pog‘onani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!