"Barselona" "Real"ni ishonchli tarzda mag‘lub etib, Ispaniya Superkubogi g‘olibiga aylandi

  • 16 yanvar, 2023, 01:54
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya Superkubogi finalidan o‘rin olgan "Real" - "Barselona" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda "ko‘k-anorranglilar" yirik 3:1 hisobida raqibidan ustun keldi. 

Dastlab, 34-daqiqada Gavi hisobni ochgan bo‘lsa, taym so‘nggiga yaqin Levandovski farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 69-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Pedri hisobni yirik 3:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Qayd etish lozim, 2 va 3-gollarga Gavi assist vazifasini bajardi. Faqatgina asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Benzema farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. 

Shu tariqa, Xavi shogirdlari Ispaniya Superkubogi g‘olibiga aylandi. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!