“Barselona” “Real” sobiq futbolchisi sotib olmoqchi
“Barselona” qanot himoyasini kuchaytirish uchun “Tottenxem”dan Serxio Regulonni xarid qilmoqchi, bu haqida "Sky Sport" nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Real Madrid” tarbiyalanuvchi “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilda o‘z nihoyasiga etadi. Bu esa, “ko‘k-anorranglilar” Regilonni arzon narxda sotib olishiga imkon beradi. “Transfermarkt” ispaniyalik futbolchini 12 million evroga baholamoqda.
O‘tgan mavsum Serxio ijara asosida “Manchester Yunayted” va “Brentford” safida to‘p tepdi.



Fikrlar