"Barselona" qiziqayotgan futbolchini "Tottenxem" ilib ketishi mumkin

  • 28 oktabr, 17:06
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi hozirda "Marsel" vingeri Meyson Grinvudni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, "Marsel" 24 yoshli angliyalik futbolchini saqlab qolmoqchi, biroq jamoa yaxshi taklif tushsa muzokaralarga tayyor.

Grinvudga faqat "Tottenxem" emas, balki "Barselona", "Atletiko", "Vest Xem" va "Aston Villa" ham qiziqmoqda.

Joriy mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.

Transfermarkt portalining ma’lumotiga ko‘ra, Meyson Grinvudning bozor qiymati 40 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!