"Barselona" qiyin kechgan bahsda g‘alabaga erishib, chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda

  • 25 aprel, 2021, 21:41
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionati 33-turida "Vilyarreal" - "Barselona" bahsi kuzatildi. Turning markaziy o‘yinlaridan biri sanalgan bellashuvda Ronald Kuman shogirdlari muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tecno

Uchrashuvda dastlab mezbonlar vakili Samu Chukveze hisobni ochgandi. Biroq, oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Antuan Grizmann dublga erishib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Ushbu qo‘lga kiritilgan 3 ochko "Barselona" chempionlik kurashida davom etishini ko‘rsatdi. Qolaversa, kataloniyaliklar hisobida bitta qoldirilgan o‘yin bor.

"Barselona" ayni paytda 71 ochko bilan "Real"ga tenglashib oldi. Peshqadam "Atletiko"dan 2 ochkoga ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!