"Barselona" qishda bitta xarid amalga oshiradi. Nomzodlar ma’lum
Kataloniyaning "Barselona" klubi qishki transferlar oynasi paytida katta xaridlarni amalga oshirmoqchi emas.
"Sport" nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar rahbariyati yanvarda bitta pozitsiya uchun futbolchi transfer qiladi. "Ko‘k-anorranglilar" uchun ustuvor vazifa - himoyaning o‘ng qanotini mustahkamlash. "Barselona" tomonidan o‘rganilayotgan asosiy variantlar orasida "Bavariya" futbolchisi Benjamin Pavar, "Manchester Yunayted"ning portugaliyalik himoyachisi Diogo Dalot va "Vilyarreal" a’zosi Xuan Foytdir.
O‘tgan yozda "Barselona" transfer bozorida 150 million evrodan ortiq mablag‘ sarflagan edi. Kataloniyaliklar ayni damda La Liga turnir jadvalida “Real”dan ikki ochko ilgarilab ketgan holda peshqadamlik qilmoqda.



Fikrlar