“Barselona” qattiq ishonayotgan futbolchi bor

  • 4 avgust, 2020, 16:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati yanvar oyida “Braga”dan transfer huquqi 30 million evroga sotib olingan Fransishku Trinkau bo‘yicha taklifni qabul qilmadi.

Tecno

Angliyaning nomi sir tutilayotgan klubi 20 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun 60 million evro to‘lamoqchi edi. Bu taklifni futbolchining agenti Jorje Mendesh olib kelgan. Mendesh “Vulverxempton” va “Manchester Yunayted”ning yaqin hamkori hisoblanadi.

Mavsumni o‘z vatanida o‘tkazgan yosh futbolchi jami 27 ta uchrashuvda sakkizta gol urdi va beshta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!