
"Barselona" prezidenligiga nomzod Joan Laporta sobiq prezidentning qamoqqa olinishi bo‘yicha fikr bildirdi
“Barselona” prezidentligiga nomzod Joan Laporta jamoaning avvalgi prezidenti Xosep Bartomeuning qamoqqa olingani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Bu yomon yangilik. Chunki bu odam “Barselona” prezidenti bo‘lgan. Ammo shu o‘rinda aybsizlik prezumptsiyasi haqida ham unutmasligingiz lozim”, - dedi Laporta.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 mart kuni “Barselona” prezidentligi uchun saylov o‘tkaziladi. Nomzodlar orasida Joan Laportadan tashqari Viktor Font va Toni Freyshey ham bor.
Ma’lumot uchun, Laporta 2003-2010 yillarda ushbu lavozimda ishlagan.
Fikrlar