
"Barselona" portugal yarim himoyachi transferiga yaqin
"Barselona" Ruben Neveshni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi.
Kataloniyaliklar katta miqdordagi summani to‘lashga qodir emas. Shu sababli, klub u bilan shartnoma imzolashning boshqa yo‘llarini qidirmoqda.
Gap shundaki, "Vulverxempton" vakillari kelishuvga "Barsa" o‘z futbolchilarini qo‘shsa, miqdorni kamaytirishga rozi. APL klubi Kessie hamda Nikoni shartnomaga qo‘shishni istayapti.
Qayd etish lozim, "ko‘k-anorranglilar" ustozi Xavi hali bu transferga rozilik bermagan.
Fikrlar