
"Barselona" ortga qadam tashladi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Espanol"ga qarshi o‘yindan so‘ng (2:2) jamoasining chempionlik uchun imkoniyatlarini baholadi.
"Chempionlik uchun kurashish juda qiyin. Biz ortga qadam tashladik. Ammo oxirigacha kurashamiz. Boshqa ilojimiz ham yo‘q", - dedi Xavi.
"Ko‘k-anorranglilar" La Liga 24-turidan so‘ng peshqadam "Real"dan 15 ochko ortda bormoqda. Ayni damda ular turnir jadvalining 4-pog‘onasidan joy olgan
Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar hisobida bitta zaxira o‘yini ham mavjud.
Fikrlar