
“Barselona” ololmagan futbolchiga 3 ta grand qiziqmoqda
Ispaniya terma jamoasi va “Atletik” qanot hujumchisi Niko Uilyamsga Angliya va Frantsiyadan xaridorlar topildi. Bu haqida TodoFichajes nashri xabar bermoqda.
Manba xabar berishicha, 22 yoshli futbolchini Londonning ikki klubi “Chelsi” va “Arsenal”, hamda Parijning PSJ klublari qiziqish bildirishmoqda.
Uilyamsning transfer narxi 70 million evroga baholanmoqda. Uning “Atletik” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsum ispaniyalik hujumchi La Ligada 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va bitta assist qayt etishga erishdi.
Fikrlar