
“Barselona” Messining jarohati bo‘yicha ma’lumot berdi
“Barselona” etakchisi Lionel Messi “Eybar”ga qarshi o‘yinda jarohat tufayli qatnasha olmaydi.
- Lionel Messi o‘ng to‘pig‘idan olgan jarohatini davolatyapti. Argentinalik hujumchi “Eybar” bilan bo‘ladigan o‘yindan keyin mashg‘ulotlarga kirishishi kutilmoqda, - deb bayonot berdi “Barselona” matbuot xizmati.
Bosh murabbiy Ronald Kuman Messining ahvolini inobatga olib unga qo‘shimcha dam olish kunlarini taqdim etishga qaror qilgan.
Fikrlar