
"Barselona" Messi uchun braziliyalik futbolchisini "qurbon qilishi" mumkin
Braziliyalik hujumkor yarim himoyachi Rafinya yozda Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
AS nashrining yozishicha, “Barselona” rahbariyati orasida Rafinyaning o‘yinidan ko‘ngli to‘lmayotganlar va uni jamoadan ketkazish haqida o‘ylayotganlar ham bor.
26 yoshli futbolchiga "Arsenal", "Tottenxem" va "Nyukasl" klublari qiziqib qolgan. Agar ushbu ingliz klublaridan yaxshi taklif tushsa, "ko‘k-anorranglilar" futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor.
Aytish lozimki, Rafinyaning transferidan tushadigan mablag‘lar hujumchi Lionel Messi erkin agent sifatida shartnoma imzolashi uchun sarflanadi.
Fikrlar