
"Barselona" "Lokomotiv" futbolchisini kuzatmoqda
Moskvaning "Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk "Barselona"ning kuzatuvi ostiga tushdi.
"Dinamo" Moskva klubining sobiq sport direktori Roman Oreshukning so‘zlariga ko‘ra, Alekseyning o‘yinlarini ko‘rish uchun shaxsan kataloniyaliklar sport direktori Erik Abidal Rossiya poytaxtiga kelgan.
“Erik Alekseyni “Barselona”ga mosligini ko‘rish uchun 2 marta Moskvaga kelganini aniq bilaman”, - deydi Roman.
Aleksey Miranchuk joriy mavsum “Loko” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Unga esa "Milan", "Roma" va "Sevilya" klublari ham qiziqmoqda. Uning transfer narxi 14,5 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar