
“Barselona” Levandovskiga hech qanday imtiyoz yo‘qligini uqtirdi
“Barselona” xo‘jayinlari polshalik mashhur forvard Robert Levandovskiga jamoaning boshqa vakillari singari unda ham hech qanday imtiyoz yo‘qligini uqtirgan.
Marca nashrining ta’kidlashicha, rahbariyat 35 yoshli forvardni agar o‘yin sifati chempionatning birinchi qismidagi kabi etarli darajada bo‘lmasa, futbolchi transferga qo‘yilishi haqida ogohlantirish berdi.
Bosh murabbiy Xavi Ernandes Robert Levandovski tajribasidan kelib chiqib, yangi yil ta’tilidan keyin sport formasini tiklab olishiga va jamoaga katta yordam berishiga ishonmoqda.
Levandovski joriy mavsumda barcha turnirlarda 21 marta maydonga tushib, to‘qqizta gol va beshta assist muallifi bo‘ldi. Biroq jamoada eng katta maosh olayotgan o‘yinchining bu ko‘rsatkichlari rahbariyatni qoniqtirmayapti.
Fikrlar