
“Barselona” Levandovskidan erta qutilish yo‘lini topdi
Robert Levandovski “Barselona”da eng katta maosh oladigan o‘yinchilardan biri hisoblanadi. Polshalik forvardga Saudiya Arabistonidan qiziqish bo‘lgan edi.
“Barselona” 35 yoshli forvardni katta summaga Saudiya Arabistoni klublariga sotib yuborishga harakat qilib ko‘rdi. Biroq Robert Kataloniyadan ketishni istamadi.
Garchi yangi bosh murabbiy Xans-Diter Flik bir paytlar o‘zi bilan “Bavariya”da ishlaga Levandovskiga ishonch bildirishini ta’kidlagan bo‘lsa-da, klub rahbariyati undan tezroq qutilish yo‘llarini qidirmoqda.
Bunda klub ma’muriyatiga Levandovski shartnomasidagi bir band qo‘l kelishi mumkin. Unga ko‘ra, Levandovski yangi mavsumda 55 foizdan uchrashuvlarda maydonga tusha olmasa, klub kelishuvni bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega bo‘ladi.
2022 yilning yozida “Bavariya”dan ko‘chib o‘tgan Robert Levandovskining kataloniyaliklar bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha amal qilishi belgilangan.
Fikrlar