"Barselona" kutmoqchi emas

  • 11 yanvar, 2022, 18:18
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi vinger Usmon Dembele kelajagi borasida tezroq bir qarorga kelishini xohlayapti. 

"Mundo Deportivo" xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar yangi shartnoma bo‘yicha taklifga yakuniy javobni shu haftada olishni istamoqda. 

"Barsa" frantsiyalik futbolchining javobi ijobiy bo‘lishiga ishonmoqda va shartnomadagi taklif miqdorini oshirmoqchi emas. 

Qayd etish lozim, Usmon "ko‘k-anor ranglilar"dan yillik 43 million evro maosh so‘ragan. U bu mavsumda jami 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi 2 ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan.  

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!