
“Barselona” katta transfer yuzasidan muzokaraga kirishdi
“Barselona” sport direktori Deku klubga yangi hujumchi olib kelish yuzasidan muzokaralarga kirishdi. Transfer News Live xabar berishicha, Deku “Sporting” vakillari bilan Viktor Dyokeresh yuzasidan uchrashgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Viktor Lissabon klubi bilan uni boshqa klublarga 60-70 million evro evaziga qo‘yib yuborishga kelishishgan.
26 yoshli hujumchining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. U joriy mavsum 16 ta uchrashuvda 20 ta gol va 4 ta assist qayt etgan.
Fikrlar