"Barselona" Ispaniyadan qattiq g‘azabda

  • 11 oktabr, 16:41
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" terma jamoa safida mushaklaridan jarohat olgan yarim himoyachi Daniel Olmoga nisbatan Ispaniya terma jamoasining munosabatidan juda norozi va g‘azabda. Bu haqda AS xabar bermoqda. 

Tecno

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklarga "Furiya Roxa" futbolchining mushaklarida charchoq borligi ko‘rsatilgan tibbiy xulosa taqdim etganiga qaramay, unga dam bermagani yoqmagan.

Ta’kidlanishicha, Ispaniya terma jamoasi deyarli shunday hisobotni taqdim etgan "Real" himoyachisi Din Xausenni qo‘yib yuborgan. Ammo Olmo masalasida Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente bunday qilmaslikni ma’qul ko‘rdi.

Shuningdek, "Barselona" optimal formada bo‘lmasa-da, mashg‘ulotlarda ishtirok etishga intilgan yarim himoyachining pozitsiyasini tushunmayapti. Klubning fikricha, Olmo "2026 yilgi jahon chempionatiga bormaslik qo‘rquvi tufayli tanasi yuborgan barcha signallarni o‘qiy olmagan."

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!