"Barselona" Husanovning jamoadoshini tekinga olib ketmoqchi
"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Jon Stouns faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" kelasi yozda erkin agentga aylanadigan 31 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda. Avvalroq, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Stounsning tarkibda qolish-qolmasligi hali aniq emasligini aytgan edi.
Joriy mavsumda angliyalik futbolchi barcha musobaqalarda o‘nta o‘yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Stounsning narxi 22 million evroga teng.



Fikrlar